Kasbiy taʼlim agentligi direktoriga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Kasbiy taʼlim agentligi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi direktoriga oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy taʼlim agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Sharofaddinov mazkur tayinlovga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy taʼlim departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon oʻgʻli Kasbiy taʼlim agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Abdullaxonov bunga qadar Kasbiy taʼlim agentligining Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Maʼlumot uchun, agentlik 2025-yil kuzida tashkil etilgan. Unga hozirda Azimjon Husanov rahbarlik qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring