Kasb bayramiga bolalar bagʻishlagan shodlik
Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Yaqinlashib kelayotgan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati teleradiokanali jamoasi aʼzolarining farzandlari uchun madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi.
Aytish joizki, bu kabi bayram tantanalari anʼanaga aylangan boʻlib, koʻp yillardan buyon muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

— Bizda kasb bayramimizni har yili farzandlarimiz boshlab beradi. Bu esa ayyomimizga oʻzgacha ruh va xursandchilik bagʻishlaydi, — deydi teleradiokanal muxbiri, isteʼdodli jurnalist Nilufar Hayitaliyeva. — Bu yil ham bolajonlar uchun Guliston shahridagi markaziy istirohat bogʻida sayr hamda turli sport va koʻngilochar oʻyinlar uyushtirildi. Shundan soʻng, yaqinda foydalanishga topshirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi teleradiokanal binosiga ekskursiya tashkil etildi. Bolalar bu yerda ijodiy va texnik jarayonlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Deyarli 10-yildan beri oʻtkazib kelinayotgan mazkur tadbir farzandlarimizga quvonch ulashish bilan birga, jurnalistlarga boʻlayotgan ehtirom va eʼtiborning yana bir ifodasidir.

Tadbirning badiiy qismida esa Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyorlari ishtirokida telekanal binosida qoʻgʻirchoq spektakli namoyish etildi. Bolalar mazkur tomoshadan katta taassurotlarga ega boʻlishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring