Karmana tumanida mikrosxemalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi
Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Sardoba mahallasida joylashgan “UzEraeAlternator” MCHJ Xitoy bilan hamkorlikda 14,5 million dollarlik investitsiya asosida barpo etilgan. Zavodda asosan, avtomobillar uchun kompressor hamda generatorlar ishlab chiqariladi. Tovarlar ichki bozorda juda ham xaridorgir.

Korxona yaqinda “Avtomobil tizimlari ishlab chiqarish”da yangi startap loyihasini ishga tushirdi.
— Mazkur loyihaning umumiy qiymati 280 ming AQSH dollari boʻlib, shundan Jahon bankining MUNIS loyihasi asosida 50 ming AQSH dollari miqdorida grand mablagʻi ajratilgan, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari Oʻtkir Tillayev. — Loyihani ishga tushirish uchun zarur boʻlgan barcha uskunalar Xitoy davlatidan keltirildi.

Ushbu liniyalarda avtomobillar va elektronika jihozlari uchun zarur boʻlgan import oʻrnini bosuvchi mikrosxemalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Muhimi mazkur startap loyiha tufayli qoʻshimcha 5 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring