Kanadada samolyot agʻdarilib ketdi
Foto: CNN
Kanadaning Toronto aeroportida “Delta Air Lines” aviakompaniyasiga qarashli yoʻlovchi samolyoti agʻdarilib ketdi. Baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtda havo kemasi bortida 80 kishi boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ulardan 18 nafari jarohatlangan va yoʻlovchilar evakuatsiya qilingan.
CNN aviatsiya tahlilchisi va Milliy transport xavfsizligi Kengashining sobiq boshqaruvchi direktori Piter Goyelzning aytishicha, samolyot qoʻnish jarayonida kuchli zarbaga uchrab, agʻdarilgan. Shundan soʻng qanot qismida yongʻin chiqqan.
Havo kemasi AQSHning Minneapolis shahridan uchib kelgan. Halokat sabablari oʻrganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring