Yirik davlat aktivi 266 mlrd. soʻmga sotildi

12:13 13 Dekabr 2021 Jamiyat
757 0

“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali davlat aktivlari, tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallangan yer uchastkalarini sotib olishga qiziqish tobora ortib bormoqda.

Bugun, 13-dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan onlayn auksionga qoʻyilgan davlat mulki boʻyicha 3 nafar ishtirokchi oʻrtasida qizgʻin bahs bordi.

Boshlangʻich narxi 204,9 mlrd. soʻm boʻlgan davlat mulki 1 soat 23 minut davom etgan savdoda 15 qadam narxi oshirilib 266,4 mlrd. soʻmga sotildi.

Savdoda “Doʼmbrobod city group” MCHJ gʻolib va “Build power” MCHJ rezerv gʻolib deb topildi.

Maʼlumot uchun, Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan davlat mulki 27,9 gektar yer maydoni hamda 29851 kv.m bino-inshootlarga ega. Shaffof oʻtgan onlayn auksionni e-auksion.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtmasdan turib ham toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?