“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarib beriladigan tovarlar roʻyxati kengaytirildi
Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024-y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Shunga koʻra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatiga quyidagilar kiritildi:
— un;
— shakar;
— dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha boʻlgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.
Ilgari maʼlum bir qiymat belgilanmagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring