Italiya politsiyasi “Koza Nostra” mafiyasiga qarshi yaqin 35 yildagi eng katta operatsiyani amalga oshirdi
Italiya politsiyasi Palermoda Sitsiliya mafiyasiga qarshi muhim operatsiya davomida deyarli 150 kishini hibsga oldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar qildi.
Seshanba kuni “Koza Nostra”ning 183 aʼzosini qoʻlga olish toʻgʻrisida order berilgan, ulardan 36 nafari allaqachon hibsda edi.
Ommaviy axborot vositalarida aytilishicha, 1 200 dan ortiq ofitser safarbar qilingan ushbu reyd tadbiri mafiyaga qarshi 1984-yildan beri amalga oshirilgan eng katta operatsiya boʻldi.
Asosan giyohvandlik moddalari savdosidan pul topuvchi “Koza Nostra” Sitsiliyadagi guruhlar va Italiyaning qitʼa qismidagi “Ndrangeta” mafiyasi bilan hamkorlikda jinoiy ishlarini bajarib keladi. Ular yaqin oʻn yillik davomida katta tadbirkorlardan himoya uchun pul talab qilib, savdogarlarni mahsulotni yuqori narxda sotishga majburlab kelgan.
“Choʻqintirgan ota” filmlari uchun ilhom manbai boʻlgan ushbu mafiya endi hokimiyat tomonidan qatagʻonlarga duchor boʻldi. Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ham reydga munosabat bildirib, “davlat uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish ahdiga doim sodiqligi”ni taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring