“Istanbul Bashakshehir” oʻz maydonida magʻlub boʻldi
Kecha, 15-fevral kuni Turkiya Superligasining 22-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidagi uchrashuvda “Istanbul Bashakshehir” klubi oʻz maydonida “Beshiktosh” jamoasini qabul qildi.
Hisob 36-daqiqada mezbonlar futbolchisi Davi Zelke tomonidan ochildi. Oradan 7 daqiqa oʻtib, “Beshiktosh”ning koreyalik hujumchisi Xyon Gyu Oh hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 58-daqiqasida Orkun Koʻkchyu mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqt yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida Bertugʻ Yildirim hisobni tenglashtirdi.
Koʻpchilik uchrashuv durang bilan tugaydi, deb oʻylayotgan bir paytda mehmonlar hakam tomonidan qoʻshib berilgan 6-daqiqada gʻalaba golini kiritdi. Ushbu golga “Beshiktosh”ning 19 yoshli futbolchisi Mustafo Hakimoʻgʻlu mualliflik qildi.
Shu tariqa oʻyin 2:3 hisobida “Istanbul Bashakshehir”ning magʻlubiyati bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Shomurodov toʻliq 90 daqiqa harakat qildi va uning oʻyini “Sofascore” portali tomonidan 5,9 ballga baholandi.
Abbosbek Fayzullayev esa 66-daqiqada Yusuf Sariga almashtirildi. Uning harakatlari “Sofascore” tomonidan 6,8 ballga munosib koʻrildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring