Issiqlik korxonasi hisoblagan 4 mlrd soʻm asossiz qarzdorlik bekor qilindi
Fargʻona viloyatidagi xonadonlarga issiqlik taʼminoti boʻyicha 4 milliard 173 million soʻm qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Qoʻmitaning Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasiga tushgan murojaatlar asosida Fargʻona viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan hamkorlikda maishiy isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan.
Oʻrganishlar natijasida isitish mavsumi davomida koʻp qavatli uylarga issiqlik taʼminotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya holatlari (taʼminot uzilishi) sodir boʻlgan vaqtlarda hamda tabiiy gaz bosimi pastligi va boshqa asosli sabablarga koʻra, aholi xonadonlariga yetarli darajada issiqlik taʼminoti yetkazib berilmagani, shuningdek, taʼminotchi korxona bilan tuzilgan shartnomalarning tegishli bandlariga asosan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilganda 6146 nafar isteʼmolchining xonadonlariga 4 milliard 173 million soʻmdan ortiq noreal debitor qarzdorlik hisoblangani aniqlangan.
“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas«, deyiladi xabarda.
Yuqoridagilarga koʻra, ishni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha hududiy boshqarma tomonidan mazkur holat yuzasidan viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasiga isteʼmolchilarga hisoblangan 4 milliard 173 million soʻmdan ortiq asossiz qarzdorlikni bekor qilish yuzasidan koʻrsatma berildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida taʼminotchi korxona tomonidan koʻrsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan qarzdorliklar bekor qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring