Isroil qoʻshinlari Gʻazodagi maktabda boshpana topgan olti falastinlikni oʻldirdi
Isroil qoʻshinlari Gʻazo shahrida koʻchirilgan aholi panoh topgan maktabga zarba berishi oqibatida kamida olti nafar falastinlik, jumladan bir chaqaloq halok boʻldi. Bu haqda mahalliy shifoxona rahbarlari maʼlum qildi.
Mazkur hodisadan soʻng joriy yil oktyabr oyida kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvidan beri Isroil tomonidan oʻldirilgan falastinliklar soni 401 nafarga yetdi.
Falastin fuqaro mudofaasi maʼlumotlariga koʻra, Isroil harbiylari oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻi ortidan oʻq uzgan. Jasadlarni olib chiqish faqat BMT bilan kelishilgandan soʻng amalga oshirilgan, aks holda qutqaruvchilar ham oʻqqa tutilishi mumkin edi. 19-dekabr, juma kuni Gʻazo shahridagi shifoxona oldida oʻnlab odamlar halok boʻlganlar xotirasiga motam tutib, ular bilan vidolashish uchun toʻplangan.
Guvohlardan biri, Nafiz an-Nodir qon toʻkilishi toʻxtatilishini talab qilib, hodisani “sulh emas, qonli qirgʻin” deb atagan. Boshqa guvohning aytishicha, maktab hech qanday ogohlantirishsiz oʻqqa tutilgan. Ushbu hudud oʻt ochishni toʻxtatish shartnomasiga koʻra Isroil qoʻshinlari chekingan chiziq yaqinida joylashgan.
Oktyabrda erishilgan sulhning birinchi bosqichi urush harakatlarini toʻxtatish, Isroil qoʻshinlarining belgilangan chiziqqa chekinishi va Gʻazoga gumanitar yordam hajmini oshirishni nazarda tutgan edi. Biroq sulh tuzilganiga uch oy boʻlganiga qaramay vaziyat hali ham beqaror boʻlib qolmoqda. Hozirda vositachilar kelishuvni ikkinchi bosqichga oʻtkazishga harakat qilmoqda.
Ikkinchi bosqich doimiy tinchlikka olib kelishi kerak, ammo HAMAS va Isroil oʻrtasida qator jiddiy masalalarda kelishmovchilik saqlanib qolmoqda. Isroil HAMAS qurol tashlab, hokimiyatni fuqaroviy oʻtish maʼmuriyatiga topshirishini talab qilmoqda. AQSh davlat kotibi Marko Rubioning taʼkidlashicha, xalqaro barqarorlashtirish kuchlarining vakolati aniq belgilab olinmas ekan, xorijiy davlatlar qoʻshin yuborishga tayyor emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring