Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

Foto: CNN
AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.
Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli sulh muzokaralari boshlanadi. Ushbu muzokaralarga Uitkoffning oʻzi rahbarlik qilishi rejalashtirilgan. Ammo u kelishuv shartlari va sulh muddati boʻyicha aniq maʼlumot bermagan.
HAMAS taklifi va muzokaralar
Reuters agentligi dushanba kuni HAMAS 70 kunlik sulh evaziga 10 nafar garovdagi shaxsni ozod qilishni taklif etganini xabar qildi. Ammo Uitkoff bu taklif avvalgi kelishuv shartlariga mos kelmasligini bildirdi. Uning aytishicha, u hozircha HAMAS rasmiylari bilan bevosita uchrashmagan.
Ayrim manbalarga koʻra, falastinlik-amerikalik ishbilarmon Bishara Bahbah Doha shahrida HAMAS vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. U 2024-yilgi AQSH prezidentlik saylovida Trampni qoʻllab-quvvatlagan arab-amerikaliklar guruhiga rahbarlik qilgan va hozirgi muzokaralarda rasmiy shaxs sifatida ishtirok etmoqda.
Vashingtonning muzokaralardagi faol ishtirokiga qaramasdan, Falastin tomoni avvalgi sulhda Isroil doimiy faollik koʻrsatmagani sababli bu safar ishonchli kafolat talab qilmoqda.
Harbiy tayyorgarlik va hujum rejasi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu dushanba kuni qilgan videomurojaatida garovdagilarni ozod qilish ustuvor vazifa ekanini taʼkidladi. “Bu borada yaqin kunlarda yangiliklar boʻlishi mumkin. Biz hech qachon taslim boʻlmaymiz”, — dedi u.
Ayni paytda Isroil armiyasiga janubiy Gʻazoning katta qismini boʻshatish buyrugʻi berilgan. Harbiy matbuot kotibining maʼlum qilishicha, yangi hujum Xon Yunis shahri va uning atrofini qamrab oladi. Isroil kuchlari Filadelfiya yoʻlagi deb ataluvchi 14 kilometrlik evakuatsiya hududini egallagan. Falastinliklar dengiz boʻyidagi Al-Mavasi hududiga koʻchirilishi koʻzda tutilgan.
BMT maʼlumotiga koʻra, 2024-yil 18-martdan soʻng Gʻazo sektori hududining kamida 80 foizi harbiy zonaga aylantirilgan.
Shu kuni Tel-Aviv armiyasi Gʻazodan uchta raketa uchirilganini, ulardan ikkitasi Gʻazo hududiga tushganini, biri esa tutib qolinganini maʼlum qildi.
Isroil harbiy rasmiylari CNNʼga bergan intervyuda mamlakat armiyasi ikki oy ichida Gʻazoning 75 foizini egallashni rejalashtirayotganini aytdi. Agar bu amalga oshsa, 2 milliondan ortiq falastinlik sohilboʻyi sektorining faqat 25 foiziga siqib chiqariladi va hudud deyarli toʻliq Isroil nazoratiga oʻtadi.
HAMASning bayonoti
HAMAS hukumatining matbuot xizmati Isroil hozirda Gʻazo sektoridagi hududlarni 77 foizgacha nazorat qilayotganini maʼlum qildi. Bu esa falastinliklarni oʻz uylari va mulklariga kirish imkonidan mahrum etuvchi majburiy koʻchirish siyosati orqali amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring