Isroil armiyasiga Gʻazo sektoridagi HAMASning qolgan ikki tayanchini yoʻq qilish topshirildi
Foto: Ariel Schalit
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning soʻzlariga koʻra, HAMASning Gʻazo sektorida faqat ikki tayanchi qolgan — Gʻazo shahri va markaziy qismdagi qochqinlar lagerlari hududi.
Netanyahu 8-avgust kuni Xavfsizlik kabineti Isroil Mudofaa kuchlariga mazkur ikki tayanchni yoʻq qilish topshirigʻini berganini maʼlum qildi.
“Bu urushni tugatishning eng yaxshi yoʻli va eng tezkor usuli. Qaror qabul qilinayotganda aholiga jangovar hududlarni xavfsiz tark etib, belgilangan xavfsiz zonalarga oʻtish imkoniyati beriladi. Bu hududlarda oziq-ovqat, ichimlik suvi va tibbiy yordam yetarli boʻladi”, dedi u.
Netanyahu Isroil siyosati urush davomida gumanitar inqirozning oldini olishga qaratilganini, HAMAS esa aksincha, uni yuzaga keltirishga urinayotganini taʼkidladi.
Avvalroq Isroilning harbiy-siyosiy kabineti Netanyahu taklif qilgan Gʻazo shahrining butun hududini nazoratga olish va Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlarni kengaytirish rejasini maʼqullagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring