Ispaniya Oʻzbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin

20:20 29 Iyun 2024 Iqtisodiyot
884 0

Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniya Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Pedro Fernandes Alen bilan muzokara oʻtkazdi.

“Dunyo” xabariga koʻra, unda Oʻzbekiston va Ispaniya oʻrtasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va ushbu mamlakat qurilish sektoriga fuqarolarni ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Pedro Fernandes Alenning aytishicha, Oʻzbekiston fuqarolari uchun xorijiy mamlakatlarda xavfsiz va tartibli mehnat faoliyatini olib borish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi rivojlanayotgan davlatlarning ijobiy koʻrsatgichlaridan biri hisoblanadi.

Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Ispaniyada qurilish sohasida katta rejalar borligini, xususan 200 mingta davlat koʻchmas mulk obyektlarini barpo etish hamda ushbu binolarni qurish uchun 700 ming nafar ishchilarni jalb qilish koʻzda tutilganini maʼlum qildi.

Muzokaralar yakunida ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер