Xitoyda “shturval” turidagi rulli avtomobillar taqiqlanadi
CarNewsChina nashri xabar berishicha, Xitoyda yuqori qismi yoʻq, samolyot shturvaliga oʻxshash yarim rulli avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi rul boshqaruv mexanizmlari xavfsizligini tartibga soluvchi GB 11557-202X milliy standarti loyihasini eʼlon qildi. Hujjat 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Standartga koʻra, yarim rullardan foydalanish taqiqlanadi, chunki ular zarbaga chidamlilik boʻyicha majburiy sinovlardan oʻta olmaydi. Yangi talabga muvofiq, rul 10 ta aniq nuqtada sinovdan oʻtkazilishi kerak, jumladan, “eng zaif hudud markazi” va “eng kam qoʻllab-quvvatlanadigan qism markazi”da. Yarim rullarda yuqori qismi mavjud emasligi sababli bu nuqtalarni tekshirishning imkoni yoʻq.
Taqiqning asosi sifatida statistik maʼlumotlar keltirilgan: haydovchilar jarohatlarining 46 foizi rulga urilish bilan bogʻliq. Davra shaklidagi rul toʻqnashuv paytida zarbani yumshatadi, “shturval” turidagi rul esa tananing undan “sirpanib oʻtishi”ga sabab boʻlib, jarohat xavfini oshiradi.
Shuningdek, haydovchilar yarim rullar kundalik foydalanishda noqulay ekanini ham taʼkidlamoqda. Bunday rul bilan burilish va avtoturargohda mashina qoʻyish qiyinlashadi, bir qoʻl bilan boshqarish noqulay, shuningdek, priborlar panelidagi ekranga tasodifan tegib ketish xavfi mavjud.
Hujjatga koʻra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha yangi avtomobillar ushbu standart talablariga javob berishi shart. Ilgari tasdiqlangan modellar uchun esa taxminan 13 oylik oʻtish davri belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring