Ishbilarmon ayollar saralab olindi

10:45 28 Avgust 2025 Jamiyat
67 0

Andijonda “Ishbilarmon ayol” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 16 ta shahar va tumanlarda faoliyat olib boruvchi eng faol, ilgʻor, tashabbuskor opa-singillarimiz ishtirok etdi. Baholash jarayonida qatnashchilarning eksport-import borasidagi salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi faolligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlashda amalga oshirgan ishlari, “Ayollar daftari”da qayd etilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish boʻyicha amaliy harakatlari va boshqa muhim mezonlar asos qilib olindi.

— Men qariyb 10-yildan buyon tadbirkorlik bilan shugʻullanaman, —deydi 1-oʻrin sohibasi, Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi yakka tadbirkor Mehriniso Ismonova. — Ishbilarmonlik ortidan hayotda oʻz oʻrnimni topdim. Gul bosilgan gazlama va chokli tikuv mahsulotlarim “Soliha” brendi ostida xalqaro koʻrgazmalarda ham yuqori baholandi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar munosib ragʻbatlantirildi. Eng muhimi, ularning ilgʻor ish uslublari ommalashtirilib, moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadigan boʻldi.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер