Iroqqa yoʻllangan zarba oqibatida amerikalik harbiylar yaralandi

15:56 06 Avgust 2024 Dunyo
271 0

Dushanba kuni Iroq gʻarbidagi Ayn al-Assad aviabazasiga ikkita “Katyusha” raketasi uchirildi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi ikki manba “Reuters”ga xabar qilgan. Iroqdagi manbalardan birining aytishicha, raketalar baza ichiga tushgan. Hujum HAMAS yetakchisining oʻldirilishi ortidan Eronning oʻch olish zarbasimi yoki yoʻq, hozircha nomaʼlum.

“Associated Press” axborot agentligi AQSH mudofaa rasmiylariga tayanib, yetti nafar harbiy xizmatchi va tinch aholi vakillari jabrlanganini aytdi. Hozirda koʻrilgan zarar baholanmoqda.

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant dushanba kuni telefon orqali gaplashib, hujum xavfi oshib borayotganini bildirgan. Oʻtgan hafta Isroilning Bayrutga uyushtirgan hujumi natijasida Livandagi “Hizbulloh” guruhining yuqori darajali qoʻmondoni Fuad Shukir ham oʻldirilgan edi. Eronga koʻra, AQSH Haniya oʻlimida Isroilni qoʻllab-quvvatlagan va javobgarlikni boʻyniga olishi kerak. Yahudiy davlati esa hozircha javobgarlikni oʻzidan soqit qilmoqda.

Har ikki tomon ham keng qamrovli urushga tayyor emas, ammo keskinlik kuchayishi toʻqnashuv xavfi yuqori ekanligini anglatadi. AQSH va Eronning kamdan-kam ittifoqchisi boʻlgan Iroq 2500 amerikalik askarni hududiga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?