Iqtidorli yoshlar taraqqiyotimiz tayanchi
Yurtimiz ravnaqi, ertangi yorugʻ istiqbolimiz bugun kamol topayotgan har tomonlama salohiyatli, bilimli yosh kadrlarga chambarchas bogʻliq. Ularning ilmi, intiluvchanligi yurt taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan nihoyatda dolzarb ahamiyatga egadir. Shundan ham oʻz ilmiy salohiyati bilan muayyan yutuqlarga erishayotgan yoshlar mamlakatimizning bebaho boyligidir.
Ana shunday muvaffaqiyatlarga erishayotgan yoshlar safida hamkasbimiz — “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati davlat korxonasi bosh buxgalteri oʻrinbosari Ravshan Xudayberdiyevning ham borligi jamoamiz aʼzolariga cheksiz quvonch, faxr-iftixordir. Yosh olim yaqinda iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) diplomini qoʻlga oldi.
Ravshan Xudayberdiyev ilmiy izlanishlarda yangi marralarini zabt etishda atoqli olimlarning etagini tutgan. Xususan, uning (PhD) diplomi uchun olib borgan “Tikuv-trikotaj sanoati biznes-jarayonlari tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqotiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy professori, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi hamda Nyu-York (AQSH) fanlar akademiyasi akademigi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Akrom Hoshimov ilmiy rahbarlik qildi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi hamkasbimizga yangi ilmiy yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring