Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiyadagi oʻzbekistonlik talaba va aspirantlar bilan uchrashdi

16:43 13 Dekabr 2021 Jamiyat
776 0

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Istanbul shahridagi universitetlarda taʼlim olayotgan hamda ilmiy ishlar bilan shugʻullanayotgan oʻzbekistonlik talaba va doktorantlar bilan uchrashdi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuvda talabalar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari, Oʻzbekistondagi mavjud sharoit va yaratilayotgan sharoitlar, ilm-fan va innovatsiya yoʻnalishidagi islohotlar muhokama qilindi.

Turkiyada bugungi kunda 2 000 dan ziyod oʻzbekistonlik talabalar tahsil olayotgan boʻlsa, ularning katta qismi Istanbul shahrida bilim olmoqda.

Suhbat chogʻida oʻzbekistonlik talaba va doktorantlar tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi:

– Istanbul tijorat universitetiga oʻzbekistonliklarni doktoranturaga yuborish;

– Oʻzbekistonning xorijdagi qoʻlyozmalari nusxalarini (500 mingta) izlanishlar uchun olib kelish;

– “Technoways” kabi tadbirlar gʻoliblarini Turkiyaga yuborish;

– Oliy oʻquv yurtlari uchun oʻqilishi shart boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va oʻzbek tiliga oʻgirish uchun tarjimonlar guruhini tuzish;

– Turkiya tajribasidan kelib chiqqan holda harbiy texnologiyalarni rivojlantirish;

– Oʻzbekistonda onlayn universitetlar tashkil qilish;

– Turkiya kichik biznesi vakillarini yurtimizga jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov barcha takliflarni qoʻllab-quvvatlab, ularni amalga oshirish uchun vazirlik tomonidan imkoniyat doirasida zarur resurslar ajratilishini aytdi. Shu bilan birga, yuqoridagi tashabbuslarni talabalarning ishtirokida amalga oshirish maqsadga muvofiq deb kelishgan holda, “Turkiya universitetlarida oʻquvchi oʻzbekistonlik talaba va doktorantlarning Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikdagi koʻngilli «Ishlar rejasi” ishlab chiqishga kelishildi.

Vazir kreativ takliflar bergan va tashabbuslarni amalga oshirishda faol boʻlgan yoshlar “Innovatsion gʻoya yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishini qayd etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер