Ingliz qoʻshinlari Ukrainaga joylashtirilishi mumkin – Daily Telegraph
Tramp maʼmuriyati Rossiya bilan urushni Yevropa ishtirokisiz hal qilishga harakat qilayotgan bir paytda, Yevropa davlatlari rahbarlari Fransiyada Ukraina boʻyicha favqulodda sammit oʻtkazmoqda.
Trampning Putinga nisbatan pozitsiyasi va AQSH rasmiylarining Ukraina hamda NATO haqidagi bayonotlari Yevropada xavotir uygʻotgan. Koʻpchilik kelishuv Rossiyaga ustunlik beradi, deb hisoblamoqda.
Yakshanba kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH va Rossiya oʻrtasida Ukraina boʻyicha qabul qilingan har qanday kelishuvni inkor etishini maʼlum qildi. Agar zarur boʻlsa, tinchlik bitimini amalga oshirish uchun ingliz qoʻshinlari Ukrainaga joylashtirilishi mumkin. Bu haqda Daily Telegraph gazetasi Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning soʻzlariga tayanib xabar berdi.
Shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yakshanba kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali suhbatlashib, Rossiyaning Ukrainadagi urushi masalasini muhokama qilgan. U Yevropa Ukrainada tinchlikni mustahkamlash jarayonlarining markazida boʻlishi kerakligini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring