Ilon Mask siyosiy partiya tuzish rejasidan voz kechishi mumkin
Foto: AP Photo / Matt Rourke
Amerikalik milliarder Ilon Mask siyosiy partiya tuzish gʻoyasini vaqtincha chetga surmoqda. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Mask oʻz safdoshlariga kompaniyalari faoliyatiga koʻproq eʼtibor qaratmoqchi ekanini aytgan. Shuningdek, u yangi partiya tuzish orqali Respublika partiyasi saylovchilarini oʻz tomoniga ogʻdirib qoʻyishni ham, nufuzli respublikachilar bilan munosabatlarni buzib olishni ham xohlamayotgani qayd etilgan.
WSJ yozishiga koʻra, soʻnggi haftalarda Mask AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens bilan muloqot qilib turgan. U koʻpchilik tomonidan Make America Great Again harakatining vorisi sifatida koʻrilmoqda. Mask esa yaqin hamkorlariga agar partiya tuzishga qaror qilsa, bu uning Vens bilan munosabatlariga salbiy taʼsir qilishini tan olgan.
Shu bois Mask sheriklari iyul oyi oxiriga belgilangan uchinchi partiyalar faoliyatiga ixtisoslashgan guruh bilan uchrashuvni bekor qilishgan. Ularning aytishicha, Mask hozircha faqat biznesini boshqarishga yoʻnalmoqchi.
Eslatib oʻtamiz, iyul oyi boshlarida Ilon Mask “Amerika” deb nomlangan siyosiy partiya tuzish niyati borligini bildirgan va uning roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun hujjatlarni ham topshirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring