Ilon Mask boyligi 700 mlrd dollardan oshgan dunyodagi ilk insonga aylandi
Foto: “Getty Images”
Ilon Mask juma kuni dunyo tarixida birinchi boʻlib boyligi 700 milliard dollardan oshgan insonga aylandi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.
Bu voqea u 600 milliard dollarlik chegarani bosib oʻtganidan atigi toʻrt kun oʻtib sodir boʻldi. Bunga Delaver oliy sudining quyi instansiya qarorini bekor qilishi sabab boʻldi — ushbu qarorga koʻra, Maskka tegishli boʻlgan, hozirda qiymati 139 milliard dollarga teng “Tesla” aksiya opsionlari qayta tiklandi.
“Forbes” hisob-kitoblariga koʻra, sud qarori ustidan muvaffaqiyatli shikoyatdan soʻng Ilon Maskning umumiy boyligi rekord daraja — 749 milliard dollarga yetgan. “Forbes” 2024-yil yanvaridan beri ushbu aksiya opsionlari qiymatini 50 foizga kamaytirib hisoblab kelayotgan edi. Endi esa bu chegirma bekor qilinib, Maskning sof boyligi 69,5 milliard dollarga oshdi.
Sud qaroridan keyin “Tesla” yana Maskning =isobidagi eng qimmat aktivga aylandi. U kompaniyaning 12 foiz oddiy aksiyalariga ham egalik qiladi, ularning qiymati 199 milliard dollar deb baholanmoqda. Shu tariqa, Maskning “Tesla”dagi umumiy ulushi 338 milliard dollarga yetdi. Bundan tashqari, noyabr oyida “Tesla” unga rekord darajadagi maosh paketi taklif qilgan boʻlib, u ayrim strategik koʻrsatkichlar bajarilsa, kelgusi oʻn yilda bozor qiymatini sakkiz barobar oshirish orqali 1 trillion dollargacha qoʻshimcha aksiya olish imkonini berishi mumkin.
Maskning ikkinchi eng qimmat aktivi — “SpaceX” kompaniyasidagi taxminan 42 foizlik ulushidir. Ushbu ulush hozirda 336 milliard dollar atrofida baholanmoqda. Yaqinda oʻtkazilgan xususiy taklif “SpaceX”ni 800 milliard dollar deb baholadi, bu avgust oyidagi 400 milliard dollarlik bahoga nisbatan ikki barobar koʻpdir. Kompaniya 2026-yilda IPO oʻtkazishni rejalashtirmoqda va uning qiymati 1,5 trillion dollarga yetishi mumkin.
Hozircha Mask dunyodagi eng boy inson sifatida eng yaqin raqibi — “Google” asoschilaridan biri Larri Peyjdan ancha oldinda. Larri Peyjning boyligi 253 milliard dollar deb baholanmoqda, bu Mask boyligidan qariyb yarim trillion dollarga kam.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring