Ilk marta hokkey boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start olmoqda
Foto: Hokkey federatsiyasi
Ertaga, 8 fevral kuni hokkey boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionati boshlanadi. Mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada “Binokor”, “Humo”, “Semurgʻ” va “Toshkent” jamoalari ishtirok etishadi. Oʻyinlar “Ice City” muz arenasida tashkil qilinadi. Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida 24 ta uchrashuv boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
1 fevral kuni “Ice City” majmuasining ochilish marosimida Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston chempionati tashkil etilishi haqida maʼlum qilingandi.
8 fevral kuni “Toshkent” hamda “Binokor” jamoalari oʻrtasidagi oʻyin bilan Oʻzbekiston I chempionati start oladi. Ushbu bahsdan soʻng muzga “Humo” hamda “Semurgʻ” jamoalari chiqib kelishadi.
Muntazam chempionat 17 mart kuni yakunlanadi. 20 martdan boshlab esa ikki raunddan iborat pley-off bahslari boshlanadi. Unda oʻyinlar uchta gʻalabagacha oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston hokkey federatsiyasi 2018 yilning 28 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifasi – mamlakatimizda xokkeyni ommalashtirish va rivojlantirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xokkey boʻyicha Respublika chempionati, kubogi, Oʻzbekiston hududida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil qilishdan iboratdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring