“Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston mehnat armiyasi jangchilarining jasorati” mavzusida ko‘rgazma ochildi
Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
2025-yil 14-may kuni Toshkentdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “O‘zarxiv” agentligi hamda Rossiyaning Perm o‘lkasi hokimligi va arxiv tashkilotlari hamkorligida “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston mehnat armiyasi jangchilarining jasorati” nomli hujjatli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, Perm o‘lkasi delegatsiyasi, arxiv xodimlari, olimlar, jamoatchilik vakillari hamda talabalar ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston SSR aholisini Gʻalaba yo‘lida safarbar etish, mehnat armiyasi jangchilarining hissasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.


Ko‘rgazmada mehnat armiyasi safida Perm o‘lkasida faoliyat yuritgan o‘zbekistonliklarning hayoti va mehnati, ular ishlagan korxonalar va front uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqidagi tarixiy hujjatlar namoyish etildi. Ko‘chma ko‘rgazma tarkibida 16 ta banner-stend joy olgan.

Shuningdek, tadbir doirasida arxiv hujjatlari asosida maxsus to‘plam tayyorlash, ikki tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlikni davom ettirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Ko‘rgazmani yurtimiz hududlarida ham namoyish etish va yosh avlodni ushbu tarixiy sahifalar bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilgan.


























Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring