Ikki viloyatda aksiz markasiz tamaki savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi hamda DXXning chegara qoʻshinlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro B.Gʻ. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, respublika hududiga aylanma yoʻllar orqali olib kirilgan umumiy bahosi 120 million soʻmlik 10 ming quti “Mondeo” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini Fargʻona tumanida sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro I.T. boshqaruvidagi “VAZ 2106” rusumli avtomashina Yangi Namangan tumani hududida toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda 5 ming 500 quti xorijda ishlab chiqarilgan “Milano” va “Oris change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring