Ikki hududda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Fargʻona va Toshkent viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Fargʻona shahrida joylashgan “D.B.” nodavlat MTMda hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz taʼminoti korxonasining 160 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Yuqoridagi kabi holat Toshkent viloyati Ohangaron tumanida oʻtkazilgan tadbir davomida ham qayd etilgan. Maʼlum boʻlishicha, Ohangaron tumanida joylashgan “E.M.” MCHJga qarashli asfalt ishlab chiqarish zavodida 187 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Andijon shahrida 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring