Ichki ishlar organlari axborot infratuzilmasi sunʼiy intellekt asosida birlashtiriladi

11:50 06 May 2025 Jamiyat
172 0

Illyustrativ foto

Prezidentning tegishli qarori bilan Ichki ishlar organlari tizimini 2025–2027-yillarda raqamli transformatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Bunda ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasi sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtiriladi va ichki ishlar organlari sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga masʼul boʻlinmalari tarkibida “raqamli jamoa”lar shakllantiriladi.

Shuningdek, jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklar statistikasini inson omilisiz yuritish yoʻlga qoʻyiladi hamda Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshligʻi lavozimi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?