“Hyundai Samho Heavy Industries” kompaniyasi Oʻzbekistondan ishchi kuchi yollashini maʼlum qildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari 300 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz mehnat faoliyatini olib borayotgan “Hyundai Samho Heavy Industries” yirik kemasozlik kompleksi masʼullari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kelgusi yilda ushbu kompleksda ish hajmi koʻpayib, mehnat migrantlariga talab ortishi taʼkidlandi.
Koreya Respublikasidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ayni damda Oʻzbekiston Respublikasidan mehnat migrantlari ushbu davlatga kirib borayotgani va Oʻzbekistondan ishchi kuchini yollashda amaldagi tartib boʻyicha koreys tomoniga maʼlumot berildi.
Shuningdek, “Hyundai Samho Heavy Industries” vakillari tomonidan kelgusi yilda Oʻzbekiston Respublikasidan ishchi kuchi yollash rejalashtirilgani taʼkidlandi va mazkur jarayon yuzasidan yaqindan hamkorlikda ish olib borishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring