Hujjatlarda qayd etilmagan qariyb 1,5 milliard soʻmlik tovarlar fosh etildi
“Yallama” chegara bojxona postida tegishli hujjatlarda qayd etilmagan tovarlar fosh qilindi. Bu haqida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kirilayotgan tovarlar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.
Shundan soʻng, tashkilotning ishonchli vakili hamda xolislar ishtirokida oʻtkazilgan koʻrik davomida avtomashina yukxonasida hujjatlarda koʻrsatilmagan, umumiy qiymati 1 milliard 440 million soʻmlik 7 ming 200 dona tovar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring