Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro viloyatida oʻtgan yilda umumiy qiymati 42,3 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoatning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 19,9 foizga, kichik biznesning sanoatdagi hissasi 41,2 foizga yetdi. Kimyo va neft, oziq-ovqat, yengil sanoat yoʻnalishlari yetakchi tarmoq vazifasini oʻtayapti. Joriy yil yakuniga borib, 48,6 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu oʻsish surʼati 105 foizni tashkil etishini anglatadi.
Bilim va malakalarni baholash agentligining viloyat boʻlimi binosida tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochilish marosimida ana shu raqamlar tilga olindi.

Bu galgi tadbirda mingga yaqin korxona vakili ishtirok etmoqda. Ularning 300 dan ziyodi oʻz mahsulotlarini koʻrgazmaga qoʻygan yoki yarmarkadan targʻibot maydonchasi sifatida foydalanmoqda.
Sanoatni rivojlantirishda Mahalliylashtirish dasturi muhim ahamiyatga ega. Tadbir ishtirokchilari safida mahalliy xom ashyodan foydalangan holda import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan bir qator korxonalar bor. Ular saʼy – harakati bilan yil yakuniga qadar 50 turdan ziyod yangi mahsulot ishlab chiqarish moʻljallanmoqda. Yirik hajmdagi rezervuarlar, metall konstruksiyalar, burgʻilash uskunalari, sunʼiy tola, gofra, elektronika mahsulotlari shular jumlasidan.

Bugun yakun topadigan koʻrgazma dasturi doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Bir qator yoʻnalishlar, jumladan, zargarlik, turizm, farmatsevtika kabi sohalarni ravnaq toptirishga daxldor taqdimotlar oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring