Hisobot davrida davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaxslariga 76 ta taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritildi — Ombudsman
2023-yilning 1-yarim yilligi davomida Ombudsmanga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 7107 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 12 tasi belgilangan tartibda anonim deb topilgan.
Takroriy murojaatlar soni hisobot davrida 1746 tani tashkil etdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 125 taga kamdir. Takroriy murojaatlarni kamaytirish maqsadida, fuqarolarga telefon orqali murojaatlari boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilmoqda, joylarda sayyor qabullar tashkil etilib, viloyat, shahar va tumanlarda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlari oʻtkazilmoqda.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq Ombudsman xodimlari tomonidan takroran kelib tushgan murojaatlar boʻyicha 533 ta dalolatnomalar rasmiylashtirilib, murojaatlar oʻrganilgan, 740 ta holatda murojaatlarda koʻtarilgan muammolarni hal etishga doir huquqiy tushuntirish va yozma javob xatlari yuborilgan. 34 ta holatda murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmaganligi, murojaatdagi materiallar oʻrganib chiqilganligi va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javob berilganligini inobatga olib, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqilishining tugatilishi toʻgʻrisida xulosalar rasmiylashtirildi va murojaatchilarga bu haqida xabar berilgan.
Jami murojaatlarning 27,1 % fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 28,7 % ijtimoiy huquqlarga, 31,4 % iqtisodiy huquqlarga, 10,8 % fuqarolarning murojaat etish va 1,9 % ekologik huquqlarga oid.
Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng koʻp murojaatlar Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlaridan, eng kam murojaatlar esa Sirdaryo viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan kelib tushgan.
Ombudsman tomonidan hisobot davrida davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaxslariga 76 ta taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritildi. Shundan, 12 tasi taqdimnoma va 6 tasi Vakil xulosasi hamda 58 ta daʼvo ariza va arizalardir. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Ombudsman Kotibiyati xodimlari sud majlislarida 80 marotabadan ortiq kuzatuvchi sifatida ishtirok etishgan.
30 ga yaqin fuqarolarning asossiz ishdan boʻshatilgaligi aniqlanib, ularning ishga tiklanishiga erishilgan. 6 ta holatda inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi sababli ish beruvchi (rahbar) maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
11 nafar fuqaroga 1.5 mlrd soʻmdan ortiq kompensatsiya toʻlovlari undirib berildi. 21 ta holatda fuqarolarga jami 212,5 mln soʻmga yaqin ish haqi, aliment va boshqa toʻlovlar undirilgan.
2 ta holatda fuqarolarning kommunal toʻlovlar boʻyicha 8 mln soʻmga yaqin noreal qarzdorligi bartaraf etilgan.
4 nafar fuqaroga davolanish uchun 22 mln 620 ming soʻm moddiy yordam ajratilishida amaliy koʻmak koʻrsatildi.
4 nafar fuqaroga davolanishi uchun Order olib berilgan.
1 ta holatda MFYning tegishli tavsiyanomasi bilan qonuniy imtiyozga ega fuqaroning OTMga qabul qilinishiga erishilgan.
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun interat uyida saqlanayotgan 40 nafar shaxslarning tugʻilganlik fakti belgilanib, ularga ID kartalar rasmiylashtirilgan.
4 ta holatda ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-xarakatlari uchun ularga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan va intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
4 ta holatda Ombudsman aralashuvi bilan ichki ishlar organlari masʼullari tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi prokuratura organlari orqali tekshirilib bekor qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring