Hindistonda sodir boʻlgan momaqaldiroq 45 kishining hayotiga zomin boʻldi (+video)

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida sodir boʻlgan kuchli momaqaldiroq oqibatida bir kechaning oʻzida kamida 45 kishi halok boʻldi. Bu haqida “The Times of India” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, 22-may, payshanba kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida noqulay ob-havo boshlanib, shtatdagi 18 ta tuman shiddatli shamol, doʻl hamda momaqaldiroqdan talofat koʻrgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mazkur tabiiy ofat tufayli 45 kishi halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Hindiston Meteorologiya departamentining xabar berishicha, shamol, doʻl va momaqaldiroq bir vaqtning oʻzida bir nechta hududlarni qamrab olgan. Shamol tezligi 60-100 km/soatga yetgan. Mahalliy sinoptiklar ushbu tabiiy ofat 26-may, dushanba kuniga qadar davom etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi halok boʻlganlar va jabrlanganlarning oila aʼzolariga moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida buyruq bergan.
“Marhumlarning oilalariga kompensatsiya toʻlanadi. Mazkur tabiiy ofat natijasida zararlangan hududlarni aniqlash ishlari allaqachon boshlab yuborilgan”, — deyiladi bosh vazir bayonotida.
Shuningdek, Hindiston hukumati barcha mahalliy maʼmuriyatlarga zudlik bilan qishloq xoʻjaligi ekinlariga yetkazilgan zararni hisoblab chiqib, tovon puli toʻlanishi uchun bosh shtabga hisobot taqdim etishini soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring