Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etishi kutilmoqda
Havo ifloslanishini kuchaytiruvchi inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha saqlanib turadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar bermoqda.
Mazkur hafta uchun qilingan prognozga muvofiq, ob-havodagi inversiya holati 24-noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgan edi. Biroq yangilangan sinoptik maʼlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha saqlanib turadi.
Yangilangan prognozlarga koʻra, havo qatlamlarining aralashishiga toʻsqinlik qilayotgan ob-havo sharoiti kelayotgan haftaning oxirigacha saqlanib turishi mumkin.
“Bu davrda havo sifati nobarqaror boʻlishi tabiiy hol boʻlib, koʻrsatkichlar kun davomida oʻzgarib turadi. Havo sifatining yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamolning kuchayishi yoki yogʻingarchilik tushishi bilan bogʻliq boʻladi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, kuzatilayotgan holat — tabiiy, vaqtinchalik va mavsumiy jarayon boʻlib, vakolatli davlat organlari vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda va zarurat tugʻilganda tezkor choralar koʻrmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring