Har bir sport maktabi, murabbiyi faoliyatida aniq natija boʻlishi shart
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Prezident olimpiadasi hamda xalqaro va kompleks musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan viloyat sportchilari, ularning murabbiylari, sport sohasi mutasaddilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar va ularning murabbiylari tashakkurnoma, esdalik sovgʻalari hamda pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar natijasida Sirdaryoda ham sport infratuzilmasi bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Shu bilan birga, bu imkoniyatlar har bir sport maktabi, murabbiyi faoliyatida aniq natija bilan oʻz ifodasini topishi shartligi aytildi va viloyat rahbari sportchilarni yoshlar uchun ibrat maktabi sifatida eʼtirof etdi.
Taqdirlash marosimidan soʻng viloyatda 2025-yilda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tanqidiy-tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda ayrim sport maktablarida ishlar yetarli darajada tashkil etilmagani, xususan olimpiya sport turlari boʻyicha seleksiya ishlari, mashgʻulotlar sifati va iqtidorli yoshlarni aniqlash tizimida jiddiy kamchiliklar mavjudligi ochiq aytildi.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov masʼullarga har bir sport maktabi, murabbiyi va sport turi kesimida ishlarni qaytadan koʻrib chiqish, mashgʻulotlar sifatini oshirish, ortda qolayotgan sport turlarini rivojlantirish, seleksiya tizimini tubdan isloh qilish hamda murabbiylarning muammo , takliflarini chuqur oʻrganish boʻyicha aniq vazifa hamda topshiriqlar berdi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring