Har bir murojaat eʼtiborda

12:24 29 Noyabr 2021 Jamiyat
724 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nazir Sabirovga shu yilning sentyabr oyida Buxoro viloyati Olot tumani “Muxtor” MFYda yashovchi H.Imomov saylovchilar nomidan ichki yoʻllarni shagʻallashtirish boʻyicha murojaatnoma yoʻllagan edi. Deputat masalani oʻrganib, tegishli idoralarga chiqdi. Natijada deputat aralashuvi bilan salkam bir milliard soʻm mablagʻ ajratilib, ichki yoʻllarga shagʻal toʻkish ishlari boshlab yuborildi.

– Tashvishlarimizni yengillashtirishda beminnat yordam koʻrsatayotgani uchun deputatimizdan minnatdormiz,– deydi H. Imomov. – Qishlogʻimizdagi yoʻllar ravon, yon-atrof obod boʻlayotganiga nima yetsin?!

 Deputatning oʻz saylovchilari bilan bu galgi uchrashuvi ham ishchanlik ruhida kechdi. U Olot tumanidagi 18-, 20-, 28 - umumtaʼlim maktablarida boʻlib, taʼlim dargohlarining qish mavsumiga tayyorgarligini koʻzdan kechirdi.”Chovdir” mahalla fuqarolar yigʻinida qad rostlagan qishloq oilaviy vrachlik punkti faoliyati bilan tanishdi. Deputatning bu yerdagi saylovchilar bilan uchrashuvi ham mazmunli oʻtdi. Gap shundaki, oʻtgan yilning dekabridagi muloqot chogʻida aholi vakillari qishloqda shifo maskani yoʻqligini aytib, shu masala yechimida yordam soʻrashgan edi. Deputat hamda tuman hokimligining saʼy-harakati bilan bu yerda yangi qishloq oilaviy vrachlik punkti binosi qurildi. Ayni damda yigirma nafarga yaqin xodim mehnat qilayotgan shifo maskani zamonaviy tibbiy  uskunalar bilan jihozlangan.

Deputat, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Olot tuman tibbiyot birlashmasi bogʻida oʻtkazilgan koʻchat ekish tadbirida qatnashdi.

I. IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер