Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Bugun Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxoʻjayev Saylov tizimlari xalqaro jamgʻarmaning (IFES, Vashington, Kolumbiya okrugi) Yevropa va Yevroosiyo boʻyicha dasturlari mutaxassislari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda MSK rahbari IFES vakillariga mamlakatda fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, boʻlajak Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga tayyorgarlik haqida maʼlumot berdi.
Fuqarolarning erkin va adolatli saylovlarda ishtirok etish huquqini taʼminlashda Jamgʻarmaning oʻrni alohida qayd etildi. IFES tajribasi saylov tizimini mustahkamlash va mahalliy resurslarning salmogʻini kengaytirishga hissa qoʻshadi, bu esa oʻz navbatida dolzarb masalalarning istiqboldagi yechimlarini topish imkonini yaratadi.
Uchrashuvda tomonlar Saylov tizimlari xalqaro jamgʻarmasining Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlik yoʻnalishlari va uni yanada mustahkamlash yoʻllarini muhokama qilishdi.
IFESning Yevropa va Yevroosiyo boʻyicha dasturlari katta menejeri Entoni Boyer Oʻzbekistonda saylov qonunchiligi va saylov tartibini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholar ekan, Jamgʻarma mustaqil saylov komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish, saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan loyiha dasturini amalga oshirish orqali milliy saylov jarayonini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar MSK va Jamgʻarma oʻrtasida yanada tizimli aloqalarni rivojlantirish zarurligi toʻgʻrisida oʻzaro fikr bildirdilar.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring