Hamkasbimizni qutlaymiz!
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami munosabati bilan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” bosh gʻoyasi ostida oʻtkazilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovining respublika bosqichida “Bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari” nominatsiyasi boʻyicha “Xalq soʻzi” gazetasi boʻlim muharriri Faxriddin Bozorov 1-oʻrin gʻolibi boʻldi.
Hamkasbimiz bunday yuksak eʼtirofga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ijobiy oʻzgarishlar haqida eʼlon qilgan dolzarb publitsistik maqolalari tufayli erishdi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati nomidan qalami oʻtkir jurnalist Faxriddin Bozorovni “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovi gʻolibi boʻlgani bilan qutlaymiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring