Hafta davomida havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda

16:32 22 Dekabr 2025 Jamiyat
273 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 23-26-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 23-25-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 26-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 23-24-dekabrda 2-7 daraja sovuq, 25-26-dekabrda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq gacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-dekabrda 0-5 daraja sovuq, 24-26-dekabrda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 23-24-dekabrda 7-12 daraja iliq, 25-26-dekabrda 5-10 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 23-24-dekabrda 2-7 daraja sovuq, 25-26-dekabrda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq gacha pasayadi.

ToshkentSirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 24-26-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

AndijonNamanganFargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 23-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 24-26-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24-26-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 23-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 24-26-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-24-dekabrda 8-13 daraja sovuq, 25-26-dekabrda 3-8 daraja sovuq gacha pasayadi, kunduzi 0-5 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?