Hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

15:46 16 Noyabr 2025 Jamiyat
372 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 18-21-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-19-noyabrda 2-7 daraja iliq, 20-21-noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 18-noyabrda 14-19 daraja iliq, 19-21-noyabrda 11-16 daraja iliq gacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-noyabrda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 19-20-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 21-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-19-noyabrda 4-9 daraja iliq, 20-21-noyabrda 0-5 daraja iliq gacha pasayadi, kunduzi 18-noyabrda 17-22 daraja iliq, 19-21-noyabrda 11-16 daraja iliq gacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20-noyabrda 4-9 daraja iliq, 21-noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 18-noyabrda 19-24 daraja iliq, 19-21-noyabrda 13-18 daraja iliq gacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20-noyabrda 2-7 daraja iliq, 21-noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 18-noyabrda 15-20 daraja iliq, 19-21-noyabrda 11-16 daraja iliq gacha pasayadi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 19-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 19-21-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?