Hafta boshida Oʻzbekistonni yomgʻirli ob-havo qamrab oladi
“Oʻzgidromet” 8-11-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-11-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 8-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 9-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 10-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq; 11-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-9-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 10-11-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-11-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 8-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 9-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8° iliq; 10-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 11-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq: Navoiy viloyati shimolida 8-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 9-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 10-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 11-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-9-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 10-11-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 9-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 10-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq; 11-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-9-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 10-11-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-dekabrda 2-7 daraja iliq, 9-11-dekabrda 0-5 daraja iliq, 10-11-dekabrda baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, 9-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-dekabrda 2-7 daraja iliq, 9-11-dekabrda 0-5 daraja iliq; kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 9-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 10-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, 10-11-dekabrda baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona havo oʻzgaruvchan boʻladi, Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-9-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 10-11-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-9-dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 10-11-dekabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-dekabrda 6-11 daraja iliq, 9 va 11-dekabrda 3-8 daraja iliq, 10-dekabrda 0-5 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-10-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuchli boʻlishi mumkin, 11-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-dekabrda kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 9-11-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring