Gʻuzorda 31 ta ehtiyojmand oilaga zamonaviy xonadonlar hadya qilindi

15:35 02 Aprel 2025 Jamiyat
89 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda bayramlar shukuhi kezib yurgan shu kunlarda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “Ozod ibrat kapital qurilish” xususiy korxonasi tashabbusi bilan Gʻuzor tumanida kam taʼminlangan va nogironligi mavjud 31 ta oilaga zamonaviy uy-joylar sovgʻa qilindi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat, tuman hokimligi masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Xonadonlar kaliti oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Yangi uy sohiblaridan biri Oyziyat Holliyeva Gʻuzor tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh, olis Taxam qishlogʻida yashaydi. U taqdirning koʻp sinovlariga duch kelgan. Dastlab turmushidan ajraldi. Bundan qattiq ruhiy tushkunlikka tushgan ayol sogʻligʻini yoʻqotib, 2-guruh nogironiga aylanib qoldi.

— Bugungi kunga qadar ikki nafar farzandim bilan ukamning bir xonali uyida yashab kelayotgan edim, — deydi u. — Bugun menga yangi xonadonning sovgʻa qilinishi hayotimdagi eng unutilmas voqelik boʻldi. Endi farzandlarimning kelajagidan koʻnglim toʻq. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” degan tamoyilni bugun oʻz hayotim misolida koʻrib, amin boʻlib turibman. Koʻnglimda kechayotgan hissiyotlarni taʼriflashga tilim ojiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?