Gulistondagi portlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi
Videodan kadr
Avvalroq Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli yongʻin yuz bergani, hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgani hamda ulardan 3 nafari vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli topshirigʻi bilan jabrlanganlarga zarur yordam koʻrsatish, hodisa sabablarini aniqlash hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Gulistondagi portlash
Voqea joriy yilning 2-dekabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan bozordagi “Uz Bek Family” MChJga qarashli ovqatlanish shoxobchasida sodir boʻldi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli boʻlgani bois ambulator yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron Toʻlaganov boshchiligidagi kombustiolog, reanimatolog, neyroxirurg, qoʻshma jarrohlar xirurgi, travmatolog va mikroxirurglardan iborat malakali mutaxassislar shu kunning oʻzida voqea joyiga yetib borib, bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.
Unda qayd etilishicha, oʻta ogʻir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli oʻta ogʻir boʻlib, u sunʼiy nafas olish apparatida. Reanimatsiyadagi mavjud bemorlarning 5 nafari stabil ogʻir, nafasi mustaqil, hushida.
Shuningdek, qabul qilingan bemorlardan ikki nafari homiladorligi sababli ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga koʻchirilgan. Ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ham ahvoli qoniqarli boʻlib, ular tegishli boʻlimlarda muolaja olmoqda.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini eʼlon qildi. Unda keltirilishicha, mazkur jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Qayd etilishicha, hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring