Google Rossiyadagi eski kesh-serverlarini qaytarib olmoqchi
Google kompaniyasi Rossiya hududida joylashtirilgan eski serverlarini olib chiqishni rejalashtirmoqda. RBK nashrining yozishicha, korporatsiya internet-provayderlarga rasmiy maktub yoʻllab, Dell R270 rusumidagi kesh-serverlarni qaytarib olish niyati borligini maʼlum qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, gap Google Global Cache (GGC) tizimi doirasida foydalanilgan serverlar haqida bormoqda. Ushbu tizim Google kontentini foydalanuvchilarga tezroq yetkazib berish uchun moʻljallangan boʻlib, kompaniya bunday serverlarni dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, 2022-yilgacha Rossiyada ham aloqa operatorlari huzurida oʻrnatgan.
Manbaning qayd etishicha, Google provayderlardan ushbu serverlarni oʻchirish, joyidan chiqarish va ularni qayerdan olib ketish mumkinligini koʻrsatishni soʻragan. Ayrim internet-provayderlarda esa mazkur serverlar allaqachon olib chiqib ketilgan.
Avvalroq sudlar Googleʼni Roskomnadzor aniqlagan qoidabuzarliklar uchun bir necha bor jarimaga tortgan. Shuningdek, kompaniya Federal monopoliyaga qarshi xizmat (FAS) qaroriga asosan ham jazolangan.
FAS xulosasiga koʻra, YouTube platformasida akkauntlar va kontentni bloklash jarayoni shaffof emas va obyektiv mezonlarga toʻliq javob bermaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring