Germaniyaga yangi kansler tayinlandi
Germaniyaning uchta partiyasi — Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, “Yashillar” va “Erkin demokratlar” koalitsiya tuzishga kelishib oldilar. Bu haqda Deutsche Welleʻga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Germaniya sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi Olaf Shols yangi kansler etib tayinlandi. Uning saylanish jarayoni taxminan ikki hafta ichida, eng kech 8-dekabrda boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Der Spiegel nashrining yozishicha, kanslerlikka nomzodlardan biri boʻlgan “Yashillar” hamraisi Annalena Berbok tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi.
Erkin demokratlar rahbari Kristian Lindner esa moliya vaziri boʻlishi kutilmoqda.
63 yoshli Olaf Shols soʻnggi uch yil davomida Angela Merkel hukumatida kansler oʻrinbosari va moliya vaziri lavozimlarida ishlagan.
Germaniyada saylovlar 26-sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. SPD, Yashillar va Erkin demokratlar oʻrtasidagi koalitsiya muzokaralari oktyabr oyi oxiridan beri oʻtkazilmoqda.
Merkel vakili boʻlgan XDI/XII bloki 2005-yildan beri birinchi marta hukmron koalitsiyaga kirmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring