Germaniyada noqulay ob-havo sabab reyslar va poyezdlar qatnovi bekor qilinmoqda

13:11 07 Fevral 2026 Dunyo
685 0

Germaniyada noqulay ob-havo, xususan muzlik va qor yogʻishi oqibatida havo va temiryoʻl qatnovlarida jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqida “BILD” nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, qatnovlarning ommaviy bekor qilinishi nafaqat mahalliy aholi vakillariga, balki mamlakat hukumati aʼzolari faoliyatiga ham jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Xususan, Germaniya madaniyat vaziri Volfram Vaymer kecha, 6-fevral kuni Frankfurtdan Berlinga ucha olmagan. U oʻsha kuni aeroport mehmonxonasida tunagan. Biroq, ertalab rejalashtirilgan zaxira reys ham bekor qilingan. Natijada vazir Berlinga poyezd orqali yoʻl olishga majbur boʻlgan.

Shuningdek u, 12-fevral kuni boshlanishi rejalashtirilgan “Berlinale” xalqaro kinofestivalining oʻtkazilishi ham soʻroq ostida ekanini maʼlum qilgan. Bildirilishicha, turli davlatlardan koʻplab mashhur sanʼatkorlar Germaniya poytaxtiga aviareyslar orqali yetib kelishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, noqulay ob-havo Germaniya kansleri Fridrix Mersning rejalariga ham taʼsir koʻrsatgan. Bir necha soat davomida uning Abu-Dabidan Berlinga uchishi masalasi nomaʼlumligicha qolgan. Delegatsiya hatto muqobil aerodromga qoʻnish variantlarini ham muhokama qilgan. Keyinchalik, Yevropa vaqti bilan soat 14:10 da hukumatga qarashli “Airbus” samolyoti Berlinga uchishi tasdiqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер