Germaniyada xavfli virusning yovvoyi shakli aniqlandi
Germaniyalik mutaxassislar birinchi toifali yovvoyi virusni aniqladilar. Bu haqida “Reuters” agentligi xabar berdi.
Nashrning “The Robert Koch” institutiga tayanib maʼlum qilishicha, mutaxassislar Germaniyadagi kanalizatsiya quvurlaridan olingan namunalar ustida tekshiruv oʻtkazishganda undan birinchi toifali “poliomielit” virusining yovvoyi shaklini aniqlashgan.
Taʼkidlanishisha, Germaniyada “poliomielit” virusiga chalinish holatlari ilk bor bundan 30-yil oldin kuzatilgan. Yangi aniqlangan ushbu virusning yovvoyi shakli esa 2021-yildan beri muntazam monitoring ishlarini olib borayotgan mutaxassislar uchun yangilik boʻldi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu turdagi virusni oxirgi marta 2010-yilda, Rossiya va Tojikistonda, 2007-yilda esa Shveysariyada aniqlanganini bildirgan.
Maʼlumot uchun, dunyo boʻylab “poliomielit” virusining ikki shakli keng tarqalgan boʻlib, yovvoyi shakli asosan Afgʻoniston va Pokistonda uchraydi. “Poliomielit” infeksiyali virus hisoblanib, oziq-ovqat va suv orqali yuqish xavfi yuqori. Virus bilan kasallangan insonda falajlik kuzatilishi, baʼzi hollarda esa kasallik oʻlim bilan tugashi ham mumkin. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu turdagi viruslarni emlash orqali yengish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring