Germaniya Litvada 4 800 harbiy xizmatchini joylashtiradi
Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta Germaniya minglab askarlarni chet elda doimiy ravishda joylashtirmoqda. Litvada bundesverning hozirgi kontingenti bosqichma-bosqich oʻsib boradi. Bugungi kunda ular soni 500 dan 1 800 gacha koʻtarilmoqda. 2027-yilga kelib esa 4 800 nafar harbiy va 200 fuqarolik ishchilari boʻladi.
Yangi joylashuvlar Rudninkayda, Belarus chegarasi yaqinida va Vilnius poytaxti yaqinida, shuningdek, Ruklda, Litvaning ikkinchi yirik shahri Kaunas yaqinida boʻladi. Nemis harbiylarining mavjudligi NATOning Sharqiy qanotini xavfsiz saqlashi va Rossiyani tiyib turishi kerak.
2027-yil oxiriga kelib toʻliq jihozlangan koʻpmillatli “Lithuania” brigadalari doimiy ravishda NATOning oʻzgaruvchan boʻlinmalari tomonidan bajarilgan rolni oʻz zimmasiga olishi kerak. Ularga Bundesver boshchilik qiladi.
Undan tashqari bir qancha batalyon guruhlari boʻladi. U Litva yoki boshqa Boltiqboʻyi davlatlariga hujumni darhol qaytarishga qodir boʻlishi kerak. Buning muhim jihati shundaki, Litvaga qilingan har qanday hujum avtomatik ravishda NATO harbiylariga hujum sifatida qaraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring