Germaniya Xitoy sabab mikrochip taqchilligiga duch keldi
Germaniya hukumati Xitoyning mikrochiplar eksportiga qoʻygan taqiqlari sababli Pekinga rasmiy norozilik notasini yoʻlladi. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Xitoydan Yevropaga mikrochip yetkazib berishdagi blokada tufayli Germaniya sanoati, ayniqsa avtomobilsozlik va elektronika tarmoqlari jiddiy uzilishlarga uchragan.
Inqirozning asosiy sababi sifatida xitoylik investorlarga tegishli boʻlgan Niderlandiyaning Nexperia kompaniyasining milliylashtirilishi koʻrsatilmoqda. Mazkur qarordan soʻng Pekin yarimoʻtkazgichlarni Yevropa Ittifoqiga eksport qilishni toʻxtatgan.
Germaniya iqtisodiyot vaziri Katerina Reyx bu holat yuzasidan Xitoy savdo vaziriga rasmiy nota yuborilganini tasdiqladi.
“Biz mikrochip taqchilligi sabab katta zarar koʻrdik. Germaniya iqtisodiyoti bu taʼminot zanjiriga jiddiy darajada bogʻliq. Shu bois biz eskalatsiyani oldini olish va eksportni qayta tiklashga intilyapmiz”, — dedi vazir Reyx BILD nashriga bergan intervyusida.
Mutaxassislar fikricha, agar inqiroz uzoq davom etsa, Germaniyadagi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga majbur boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring