Germaniya kansleri Rossiyani NATO hududida provokatsiya uyushtirishda aybladi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiyani ehtiyotsizlik va tajovuzkor harakatlarda aybladi. Uning soʻzlariga koʻra, Polsha havo hududiga dronlarning kirib kelishi Boltiqboʻyi mintaqasi hamda NATOning Sharqiy qanotidagi davlatlarga qarshi qaratilgan provokatsiya hisoblanadi.
“Rossiya NATO va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlat aholisining hayotini xavf ostiga qoʻydi. Federal hukumat Rossiyaning bu tajovuzkor harakatlarini eng qatʼiy tarzda qoralaydi”, — dedi Mers.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ham voqeaga munosabat bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Rossiya dronlari Polshaga tasodifan kirib qolmagan.
“Bu yerda xato haqida gap boʻlishi mumkin emas. Agar ular aslida Ukrainaga yoʻnaltirilgan boʻlganida, hech qachon Polshaga qarab uchmagan boʻlardi”, — dedi Pistorius.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring