Germaniya Kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi.
Mamlakatimizning asosiy timsollaridan biri, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining ifodasi – dunyoga mashhur Registon maydoni YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Ansamblga kiruvchi Mirzo Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari oʻzining salobati, boy tarixi va betakror arxitekturasi bilan barchada chuqur taassurot qoldiradi.
Oliy martabali mehmonga Sharq meʼmorchiligining ushbu durdonasi qurilishiga oid tarixiy maʼlumotlar, yechimlar va bezaklarning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, bu maskan bilan bogʻliq muhim voqealar va shaxslar, oʻzbek xalqining madaniy merosi haqida maʼlumot berildi.
Suhbat davomida jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri sifatida haqli ravishda eʼtirof etilgan Samarqand shahri bugungi kunda bugungi kunda ishbilarmonlik va sayyohlik markaziga aylanib borayotgani taʼkidlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Registon ansambli oldida birgalikda suratga tushdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring