Germaniya kansleri mamlakatni “noldan yangilash”ga vaʼda berdi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Myunxendagi kongressda nutq soʻzlab, mamlakat chuqur modernizatsiyaga muhtojligini eʼlon qildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Kansler nutqining asosiy qismi “Germaniyani noldan yangilash” toʻgʻrisida boʻlgan. Shuningdek, u tashqi siyosatga ham alohida urgʻu qaratgan.
“Biz dunyoda kechayotgan jarayonlarning toʻliq oqibatlarini koʻp yillardan keyin tushunamiz. Bu yaxshi munosabatlarning pasayishi emas, bu deyarli tektonik siljish”, — degan Germaniya kansleri.
Fridrix Mers, shuningdek, amerikaliklar endi oʻz manfaatlarini juda qatʼiyat bilan himoya qilayotgani, Shuning uchun Germaniya endi oʻz manfaatlari himoya qilishi lozimligini qatʼiy taʼkidlagan.
Kansler oʻz nutqi davomida mamlakatning rivojlanish yoʻnalishi oʻzgarishini vaʼda bergan.
“Mafkura davri tugadi. Biz nimalarga qodir ekanligimizni koʻrsatmoqdamiz. Biz biror narsa ixtiro qilganlar Amerikaga borishi shart emasligini, balki bu yerda oʻzlari uchun biror narsaga erishishlari mumkinligini taʼminlamoqdamiz. Mening avlodimdagi odamlarning oyoqlari ostida mustahkam zamin bor. Men bu merosni keyingi avlodga oʻtkaza olishimizga qatʼiy ishonaman”, — deya xulosa qilgan Germaniya kansleri Fridrix Mers.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring